Rostni aytar yo'q sirdosh, men o'zimga aytaman
Yuzga maqtab, ortdan tosh — men o'zimga aytaman
Kim aybimni aytadi?
Hamma do'st, hamma shirin
Ayb aytmas — hamma yondosh, men o'zimga aytaman
Shoshgan meva to'kilar, kutgani shirin bo'lar
Pishirar sekin quyosh, men o'zimga aytaman
Ko'zguga qarab turib, boshqadan izladim ayb